Yangiliklar

Murojaat o‘rganildi: fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatiladi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga “Saxovat” mahallasida yashovchi fuqaro Juman’yazov G‘ayrat Baxtiyorovichning turmush o‘rtog‘ini og‘ir onkologik kasallikdan davolanishi uchun yordam so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganildi.

Mazkur masala yuzasidan tuman Kengashi raisi X. Sultonov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, murojaatchining yashash sharoiti hamda oilaviy-iqtisodiy holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, davolanish uchun moddiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish maqsadida zarur hujjatlar viloyat “Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi”ga taqdim etish uchun yuborildi. Bu haqda murojaatchiga ma’lum qilindi.