♻️Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-O‘rikzor saylov okrugi deputati N. Bayzakova tomonidan hududda fuqarolar murojaatlari o‘rganilganda "Chinor" mahallasidagi 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining ta'mirtalab holatda ekanligi asosiy masala sifatida ko‘tarilgan edi.
♻️ Deputat tomonidan masala tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olinib, zarur choralar ko‘rildi.
♻️Natijada bugungi kunda 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti binosini buzish va yangidan qurish ishlari boshlandi.
♻️Mazkur loyiha hududdagi bolalar uchun zamonaviy va qulay ta'lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.