Muhokamalarda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, bosh mutaxassislar R.Mamashukurov va A.Temirov hamda korxona mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
💬Ta’kidlanganidek, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tashkil etilmoqda.
💬Uchrashuv davomida fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda ochiqlikni ta’minlash, murojaatlar bilan ishlashda shaffof mexanizmlarni qo‘llash, inson omilini qisqartirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
💬Shuningdek, korxona jamoasida "Halollik vaksinasi" tamoyillarini keng targ‘ib qilish, xodimlarda halollik va mas’uliyat madaniyatini mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat vazifalarini vijdonan bajarish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi alohida qayd etildi.
💬Deputatlar tomonidan korrupsiyaning oldini olish faqat nazorat bilan emas, balki ochiqlik, hisobdorlik, jamoatchilik nazorati va halollik tamoyillarini hayotga tatbiq etish orqali samarali natija berishi ta’kidlandi.
🤝Uchrashuv yakunida sohada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va shaffofligini yanada oshirish hamda qonunchilik talablarining ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.