Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Muvaffaqiyat sari qadam: deputat va yoshlar muloqoti

Vobkent tumani 2-son texnikumida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Dilshod Yavmutov ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🗣Uchrashuv davomida bitiruvchilar bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar, zamonaviy mehnat bozori talablari hamda ish qidirishning raqamli imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

⬆️Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, sifatli taʼlim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, xorijiy tillarni oʻrganish, startap va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari alohida taʼkidlandi.

❓Muloqot yakunida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga deputatdan batafsil javob oldilar.

Slide 1 of 9