Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha hamda Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyalarining birgalikagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
👥 Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va tegishli soha vakillari ishtirok etdi.
📁 Kun tartibiga tumanda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari masalalari kiritildi. Mazkur masala yuzasidan masʼullar tomonidan axborot berilib, komissiya aʼzolari tomonidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
💰 Shuningdek, Vobkent tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlar ajratish masalasi ham atroflicha muhokama qilinib, ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
📈 Yigʻilish davomida mahalliy byudjetga doir boshqa muhim masalalar ham koʻrib chiqildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.
✔️ Yigʻilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda ularning ijrosi doimiy komissiyalar nazoratiga olindi.