Taxiatosh tumanida aholi bilan muloqotning zamonaviy va qulay shakli — “E-Kengash” platformasi orqali kelib tushayotgan murojaatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqilmoqda.
👤 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan har bir murojaat alohida o‘rganilmoqda.
🔍 Murojaatlar bo‘yicha:
🔹 muammolar mazmuni tahlil qilinmoqda
🔹 tegishli yo‘nalishlar aniqlanmoqda
✅ O‘rganilgan masalalar doimiy komissiyalar muhokamasiga kiritilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinadi.
Raqamli tizim — aholi muammolarini tez va samarali hal etish imkonidir.