Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiyaning 6-bandi ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 26-“Chorguzar” saylov okrugi deputati Avazbek Appaqov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shohabbos Yusupov tomonidan Andijon shahar “Sanoat” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

24 tavsiya ijrosi doirasidagi o‘rganish va nazorat ishlari davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 3