Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tadbirkor ayollarning muammo va takliflari o‘rganildi

Bugun Axborot-kutubxona markazida Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi deputati Fatima Seydabdullayeva tomonidan tadbirkor ayollar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tadbirkor ayollarning faoliyati davomida uchrayotgan muammolar, mavjud taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning fikr-mulohazalari o‘rganildi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash yuzasidan takliflar bildirildi.

Mazkur uchrashuv tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish hamda joylardagi dolzarb masalalarni o‘rganishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2