Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Sijjak” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli N.Maxkamovaning yettinchi bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borayotgan ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida ro‘yxatda turgan xotin-qizlar bilan ishlash sifati, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmlari hamda manzilli ishlash tizimi yuzasidan mas’ul xodimning faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari muhokama qilindi.
O‘rganish davomida aniqlangan ayrim muammolarni hal etish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi. Shuningdek, “Ayollar daftari” bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, murojaatlar ijrosini doimiy nazoratga olish va har bir murojaatchi bilan manzilli ishlash muhimligi ta’kidlandi.