Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ijtimoiy-siyosiy muhit o‘rganildi

Ijtimoiy-siyosiy muhit o‘rganildi.

Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati X. Ibragimov “Iqbol” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda hududdagi ijtimoiy-siyosiy muhitni o‘rgandi.
Deputat mahalla hududida joylarga chiqib, mahalla yettiligi va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlik, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan o‘rganish olib bordi. Suhbatlar davomida aholining fikr va takliflari tinglanib, ularning muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, mahalla tizimidagi ochiq muloqot va xalq bilan ishlash samaradorligini oshirish hududlarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.