Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

🏫 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L.Xakimova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Boybuloq” mahallasi hududida joylashgan 37-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔍 Nazorat jarayonida ta’lim muassasasidagi mavjud shart-sharoitlar, o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, sinfxonalar holati hamda ta’lim sifati bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

🗣 Shuningdek, maktab jamoasi bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4