O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan, 6-Jaloyir saylov okrugi deputati Y. Xotamov bugun “Arabxona” mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv Oliy Majlis Senatining 35-sonli qarori ijrosini ta’minlash, hududlarda aholi murojaatlarini o‘rganish hamda mahalliy muammolarni tizimli hal etish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahallada mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda infratuzilmani yaxshilash yuzasidan taklif va murojaatlar tinglandi. Deputat Yu. Xotamov tomonidan bildirilgan masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijro nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.