Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bitiruvchilar kelajagi — e’tibor markazida!

Jalaquduq tumanidagi 37-maktabda bitiruvchi sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida yoshlarni oliy ta’limga keng jalb etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.Mazkur uchrashuvni Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Z.G‘ofurova olib bordi. Yig‘ilish davomida o‘quvchilarning
oliy ta’limga qiziqishini oshirish, kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘nalish berish hamda ota-onalarning bu boradagi mas’uliyati haqida atroflicha fikr yuritildi.Shuningdek, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat grantlari, imtiyozlar hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlari yuzasidan
tavsiyalar berildi.


 

Slide 1 of 2