Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 11-Qoʻlichi saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
bolalar ovqatlanishi sifati va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. Nazorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga oid qarori ijrosi doirasida muassasadagi mavjud sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish tizimi, oshxona jihozlarining texnik holati hamda taomnomalarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, deputat tomonidan bolalarning sog‘lom va barkamol rivojlanishini ta’minlashda maktabgacha ta’lim muassasalarida taom
sifati, oziq-ovqat xavfsizligi, oshpazlar malakasi hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish va doimiy jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
  

Slide 1 of 7