✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅Tuman Kengashi raisi E.Jurayev raisligida o‘tgan yig‘ilishda hududni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
✅Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy mavzular:
✅Hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish va islohotlar samaradorligini ta'minlash;
✅ Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish tizimini takomillashtirish.
✅ Tadbir davomida ekspert guruhi a’zolari tomonidan o‘zgarishlarni jadallashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif hamda tavsiyalar ilgari surildi. Kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha tahlil qilindi.
✅ Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqildi , mas’ul shaxslarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.