Yangiliklar

#deputat_nazorati
#deputat_nazorati

Kogonda 14-may kuni oddiy kun emas, balki muhim ijtimoiy tashabbus va sog‘liqni asrashga qaratilgan amaliy harakat kuni bo‘ldi. Tadbirda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari O. Jo‘rayeva, Sh. Mavlonov hamda X. Amonov bevosita ishtirok etib, jarayonni joyida kuzatdi va aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

Shahardagi 5-umumta’lim maktabi binosida “Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat” g‘oyasi shunchaki shior emas, amaliy mazmunga ega tashabbus sifatida namoyon bo‘ldi.

XDP tashabbusi bilan tashkil etilgan bepul tibbiy ko‘rikda Maxtumquli MFY aholisi va maktab jamoasi faol ishtirok etdi. Tajribali shifokorlar har bir fuqaroni batafsil ko‘rikdan o‘tkazib, sog‘lig‘ini tiklash va mustahkamlash bo‘yicha aniq tavsiyalar berdi, zarur hollarda esa yo‘llanmalar ham rasmiylashtirildi.

Ko‘rikdan chiqqan fuqarolar yuzida ishonch va mamnunlik ifodasi sezildi. Chunki bu safar ularga nafaqat tibbiy maslahat, balki e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ham ko‘rsatildi.

Aholi bunday tashabbuslarning muntazam davom ettirilishini istayotganini bildirdi.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 6