#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
📍 Deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan amaliy ishlar amalga oshirildi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayev tomonidan Mirobod tumani “Farovon” MFY hududidagi Afrasiyob 12/1-ko‘p qavatli uy atrofida daraxt shoxlarining tartibsiz o‘sib ketgani hamda hududni obodonlashtirish masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.
📝 Mazkur deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan “Farovon” MFY, Afrasiyob ko‘chasi 12/1-uy atrofidagi daraxtlarga Mirobod tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shakl berilgani hamda sanitariya-tozalash ishlari amalga oshirilgani ma’lum qilindi.
🔎 Shuningdek, hududni tartibga keltirish, yashil hududlarni parvarishlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotgani qayd etildi.
📂 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan bo‘lib, mazkur holat deputat tomonidan nazorat tartibida kuzatib borilmoqda.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash