#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #seminar #hamkorlik #mahalliykengash #ToshkentShaharKengashi
🏛 Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida “Mahalliy Kengash deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik munosabatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
📝 Mazkur seminarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati D. Ravshanbekov ishtirok etib, mahalliy Kengashlar hamda mahalla institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi muammolarini joyida hal etish hamda deputatlik nazorati samaradorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
📌 Shuningdek, tadbir davomida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hamda fuqarolar yig‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tizimli muloqot mexanizmlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash