“Temiryo‘lchi” mahallasida gaz ballonlar muammosi hal etilmoqda
Uchrashuv davomida mahalla aholisi kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan suyultirilgan gaz ballonlarining belgilangan reja-grafik asosida o‘z vaqtida yetkazib berilmayotganligi yuzasidan murojaat qilishdi.
🫥Deputat X.Fayzullayev murojaatni joyida o‘rganib, gaz ta’minoti korxonasi mutasaddilari bilan bog‘landi.
🔅Muloqot natijasida: 🔵Gaz ballonlarini yetkazib berishdagi kechikish sabablari tahlil qilindi; 🔵Kelgusida gaz ballonlarini aholiga o‘z vaqtida va uzilishlarsiz yetkazib berish bo‘yicha qat’iy kelishuvga erishildi; 🔵Jarayon deputat nazoratiga olindi.
📌Maqsad – aholining kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish, ularni qiynayotgan kommunal muammolarga tezkor va sifatli yechim topishdir.
💬"Aholi bilan muloqot — muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etishning eng samarali yo‘lidir. Gaz ta’minoti kabi hayotiy masalalar har doim e’tiborimiz markazida bo‘ladi," — ta’kidladi deputat X.Fayzullayev.