Xalq deputtalari Zomin tuman Kengashi deputati Q.O'rolov hududdagi saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat har bir murojaatni atroflicha o'rganib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi idoralarga deputatlik so'rovlarini yuborilishini ma'lum qildi.
Shuningdek, ayrim masalalar mahalla yettiligi bilan joyida hal etilib, qo'shimcha o'rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.