Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 9-Olmazor saylov okrugi deputati Zafar Jumaboyev Olmazor mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar holidan xabar olish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurib, aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazdi. Suhbatlar davomida, fuqarolarning bandlik masalalari, doimiy ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojlari, kasb-hunar o‘rganish istaklari hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi.
Muloqot jarayonida ayrim fuqarolar tomonidan ishga joylashishda uchrayotgan muammolar, kredit olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash borasidagi taklif va murojaatlar bildirildi.
Deputat tomonidan ushbu masalalarni ijobiy hal etish, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rish belgilandi.