Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Morifjon Mamatqulov "Markaziy" mahalladagi 6-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, kuz–qish mavsumida o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida isitish tizimlarining holatini o‘rganib chiqdi.
O‘rganish jarayonida maktabdagi qozonxona, isitish quvurlari, radiatorlar va xavfsizlik talablariga amal qilinishi bilan bog‘liq jihatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavsum davomida uzluksiz va xavfsiz isitish tizimini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar, yoqilg‘i zahirasi hamda mutaxassislar tomonidan xizmat ko‘rsatish holati ham tahlil qilindi.
Deputat ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun issiq, xavfsiz va qulay muhitni yaratish dolzarb masala ekanini ta’kidladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi