Yangiliklar

Chinoz tumani. Chinoz tumanida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Chinoz tumanida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Xabar qilganimizdek, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Sh.Salixov tomonidan kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan murojaat qilindi.

Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida tuman miqyosida kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi muhokama qilinib, mavjud kamchiliklar tahlil etildi hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 9