Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

HAZORASP TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati K. Babajanov tomonidan Hazorasp tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan deputatlik o‘rganishi olib borildi.

 O‘rganish davomida isitish tizimlarining texnik holati, sovuq mavsumda uzluksiz ishlashga tayyorligi hamda tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoitlar yaratilganligi ko‘zdan kechirildi.

 Deputatlik o‘rganishi natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini tayyorgarlik bilan o‘tkazish yuzasidan tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berilishi nazarda tutiladi.

 Deputatlik nazorati ta’lim muassasalarida xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimiga ko‘maklashishga qaratilgan. 

Slide 1 of 5