Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA INFRATUZILMANI YAXSHILASH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA INFRATUZILMANI YAXSHILASH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov tomonidan Shayxontohur tumanidagi “Katta Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish yuzasidan mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔺 O‘rganishda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Asadullayev, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda hudud aholisi ishtirok etib, mahalladagi mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashdilar.

🔎 Uchrashuv davomida mahalla ichki yo‘llarining bugungi holati, ta’mirtalab ko‘chalarni tartibga keltirish, hududni obodonlashtirish hamda fuqarolarning kundalik harakatlanishi uchun qulay infratuzilmani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🚶‍♂️ Xususan, bolalar, keksalar va boshqa piyodalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida mavjud piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, zarur hududlarda yangi yo‘laklar tashkil etish bo‘yicha aholi tomonidan bildirilgan takliflar muhokama qilindi.

🛣 Mahalla ichki yo‘llarini yaxshilash, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash va hududni obodonlashtirish masalalari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois deputat Aziz Ibragimov fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan infratuzilmaviy muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish zarurligiga e’tibor qaratdi.

💼 Uchrashuvda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilinib, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari yuzasidan takliflar tinglandi.

♻️ Ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga, tadbirkorlik va daromad keltiruvchi faoliyatga jalb etish orqali oilalar farovonligini oshirish masalalarining ahamiyati qayd etildi.

📋 Mazkur yo‘nalishdagi muhokamalar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi, jumladan, mahallalarda yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

🗣 Ochiq muloqot davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar, kundalik turmushda uchrayotgan noqulayliklar hamda hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarini bevosita deputat Aziz Ibragimovga yetkazdi.

🤝 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni atroflicha o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda aholi manfaatlariga daxldor masalalarga manzilli yondashish zarurligi ta’kidlandi.

⚖️ Shuningdek, hududdagi infratuzilma va bandlik bilan bog‘liq masalalarni hal etishda deputatlik nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda fuqarolar murojaatlari ijrosini tizimli kuzatib borish muhimligi qayd etildi.

💡 O‘rganish yakunida mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini yaxshilash, hududni obodonlashtirish, kichik biznesni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash yuzasidan bildirilgan takliflarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4