Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Sh.Kurbonsaidova "Turkmanlar" mahallasida joylashgan Do‘stlik uyi Axborot-kutubxona markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi, Axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondining holati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish va ilmiy-ma’rifiy resurslardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.