Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
Juma buyum bozorida yong‘in xavfsizligi talablari o‘rganildi

Juma buyum bozorida yong‘in xavfsizligi talablari o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
👨‍💼 Mazkur nazorat tadbirlari doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kumakov Juma buyum bozorida mas’ul xodimlar bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔎 O‘rganish davomida bozorda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, savdo obyektlarining yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlanganligi, elektr tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.
📋 Shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6