Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexqonov tomonidan fuqaroning murakkab jarrohlik amaliyotidan keyingi davolanishiga ko‘maklashish hamda bepul yo‘llanma ajratish masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.B.Sirojiddinov tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida Qo‘qon shahar “G‘ishtli Masjid” MFY, Zarbxona ko‘chasi, 39-uyda yashovchi fuqaro Abduhamidova Gulbonuning farzandi Qambarov Jasurbekning salomatlik holati va tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganib chiqildi.

Taqdim etilgan rasmiy javobga ko‘ra, bemor Q.Jasurbek onasi bilan birgalikda tibbiy ko‘rikka chaqirilib, poliklinika shifokorlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik natijalariga asosan bemorga rejali ravishda statsionar davolanish tavsiya etilib, Qo‘qon shahar shifoxonasining jarrohlik bo‘limiga yo‘llanma berish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, bemorning onasi bilan suhbat o‘tkazilib, statsionar davolanish zarurligi tushuntirilgan. Onasining xohishiga ko‘ra, bemorni bir haftadan so‘ng jarrohlik bo‘limiga yotqizib, statsionar davolash rejalashtirilgan.

Bemorni belgilangan muddatda davolanishga yuborish hamda uning tibbiy holatini nazorat qilib borish Qo‘qon shahar 1-oilaviy poliklinikasi mas’ul xodimlari tomonidan nazoratga olingan.

Mazkur deputatlik so‘rovi natijasida fuqaroning murojaati tegishli tibbiyot mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, bemorni statsionar sharoitda davolash va keyingi tibbiy kuzatuvni ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi