Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Sessiya_oldi_o'rganish
📌 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Sherobod tumani hududida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash hamda olib chiqib ketish xizmatlari tariflarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala yuzasidan fikr almashildi.

💬 Mazkur masala doirasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov hamda Sherobod tumani hokimligi bosh mutaxassisi N. Abdulaminov ishtirokida muloqot o‘tkazildi.

📝 Suhbat davomida chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini samarali tashkil etish, belgilangan vazifalarni tuman miqyosida amalga oshirish, shuningdek, aholi uchun qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

🔹 Shuningdek, sessiyada mazkur masalani ko‘rib chiqishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, zarur ma’lumotlarni shakllantirish hamda tegishli takliflarni umumlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sessiya kun tartibidagi masalani mazmunan puxta tayyorlash va uni muhokama qilish uchun zarur ma’lumotlarni umumlashtirishdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3