Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
“Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam


Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimov tashabbusi bilan tumanda “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash, ilm-fan va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib etishdan iborat.

Seminarda faol nuroniylar, jamoatchilik vakillari, mahalla faollari hamda turli soha vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ma’rifatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasida nuroniylarning hayotiy tajribasi va ibratining ahamiyati, oilada va mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida bilim, ilm-fan, kitobxonlik va ma’naviy tarbiyaning tutgan o‘rni haqida mulohazalar bildirildi. Nuroniylar o‘zlarining boy hayotiy tajribalari asosida yoshlarni ezgulikka, vatanparvarlikka, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat ruhida tarbiyalash borasidagi fikrlarini o‘rtoqlashdilar.

Samimiy muloqot va ochiq fikr almashuv tarzida o‘tgan seminar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida ilgari surilgan fikr va tashabbuslar kelgusida hududda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

“Ma’rifat karvoni” kabi ilmiy-ma’rifiy tadbirlarning muntazam tashkil etilishi aholining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, yoshlarni ilm va ma’rifatga keng jalb etish hamda jamiyatda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va faol fuqarolik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2