Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
A.Navoiy mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda shahar Kengashi deputati N.Akbarova, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan A.Navoiy MFY hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holatini o‘rganish ishlari davom ettirildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim hamrohligida yashil ta’mirlash ishlari yakuniga yetgan xonadonlarning holati, fuqarolarning ijtimoiy sharoiti hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, A.Navoiy mahallasi Ipak yo‘li ko‘chasi, 67A-uy, 3-xonadonda istiqomat qiluvchi Turg‘unova Xolidaxonning xonadoni ham o‘rganildi. Fuqaro I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib, davlat ta’minotida turishi qayd etildi.

O‘rganish davomida xonadondagi yashash sharoiti, amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari va fuqaroning kundalik hayotida zarur bo‘ladigan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan individual ishlash, ularning ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va mavjud muammolarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida qayd etilib, ularning ijrosi monitoringga olindi.

Slide 1 of 4