Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
A.Navoiy mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish 11-A.Navoiy saylov okrugi hududidagi A.Navoiy mahallasida o‘tkazildi. Unda saylov okrugi deputati N.Akbarova tomonidan mahalladagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari bilan ishlash samaradorligi hamda kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash jarayonlari o‘rganildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, A.Navoiy mahallasida 6319 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 1440 ta xonadon va 1145 ta oila mavjud. Ijtimoiy reyestrga jami 24 ta oila kiritilgan bo‘lib, shundan 7 tasi kambag‘al oilalar, 17 tasi esa davlat ta’minotidagi oilalar toifasiga mansub.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan mazkur oilalarning ehtiyojlarini aniqlash, ularga tegishli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, nafaqa va moddiy yordamni belgilangan tartibda tayinlash hamda to‘lash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3