Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
Mazkur doimiy komissiya hududda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, budjet intizomini mustahkamlash hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi.
Komissiya raisi:
Jalilov Akmaljon Olimovich
Komissiya kotibi:
Sadikov Sherzod Adilovich
Komissiya a’zolari:
Mamajanov Odil Numonovich
Qutfitdinov Islombek Ilhom o‘g‘li
Nishanov Avaz Nuriddinovich
✅ Mahalliy budjet loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va asoslantirilgan xulosalar tayyorlash
✅ Budjet ijrosi bo‘yicha hokimlik va moliya organlarining hisobotlarini eshitish hamda tahlil qilish
✅ Budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish
✅ Hududda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish
✅ Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish dasturlarining ijrosini monitoring qilish
✅ Komissiya faoliyatini Kengash Reglamenti va tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish
❗️Komissiya o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik va ilg‘or boshqaruv tamoyillari asosida olib boradi hamda qonunlar ijrosini ta’minlash yuzasidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshiradi.