Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Zikiryayev Abduazizxon Amanovich Oqtosh mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
янв.21
Novqa mahallasida ichki ko‘chalar obodonlashtirilmoqda.
янв.21
Fidokor mahallasida amaliy ishlar jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi Kotibiyati mudiri Amanov Baxtiyor Normatovich Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
янв.21
Baxmalda xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
янв.21
💼 Xorijdagi fuqarolar sharoiti mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Mog’ol mahallasida bog‘lar holati deputatlik nazoratida
янв.21
🌐 Xorijdagi yoshlar e’tiborda: Migratsiyadagi vatandoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fidokor mahallasida amaliy ishlar jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Raxmonova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
3-BAND IJROSI: SPORT INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI

3-BAND IJROSI: SPORT INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M. Altibayeva tomonidan Esaboy mahallasidagi 43-sonli umumta’lim maktabining sport zali holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida sport zalining moddiy-texnik holati, mavjud sharoitlar hamda yoshlar va o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
⚠️ O‘rganish jarayonida sport zalining ta’mirtalab holatda ekani, pol qoplamalarining chirigan va yaroqsiz holga kelgani aniqlandi.
🏫 Mazkur holat o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sport muhitini yaratish, sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish nuqtayi nazaridan tegishli choralar ko‘rishni taqozo etadi.
📌 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, sport zalini ta’mirlash va zarur sharoitlarni yaxshilash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.   

Slide 1 of 1