Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
JAG‘ALBOYLI MAHALLASIDA ISHCHI GURUH FAOLIYATI

 JAG‘ALBOYLI MAHALLASIDA ISHCHI GURUH FAOLIYATI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 26-saylov okrugi deputati Turdiqulov Akbarjon Egamberdiyevich tomonidan Jag‘alboyli mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
🤝 Ishchi guruh tarkibiga mahalladagi mas’ul xodimlar va jamoatchilik vakillari jalb etildi.
Ishchi guruh tarkibi:
🔹 Nuraliyev Obit Hakimovich — mahalla fuqarolar yig‘ini raisi;
🔹 Umirqulov Habib Nurullayevich — hokim yordamchisi;
🔹 Daminova Gavhar Ruziqulovna — xotin-qizlar faoli;
🔹 Burhonova Mohira Odilboy qizi — ijtimoiy xodim;
🔹 Abdurahimov Tirkash — nuroniy.
🔎 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi ehtiyojmand oilalar holatini o‘rganish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mavjud muammolarni aniqlashga alohida e’tibor qaratiladi.
📋 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.
Deputat — muammoni o‘rganadi, mas’ullarni birlashtiradi va yechim ijrosini nazorat qiladi