Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
📚 Deputat 42-maktab kutubxonasini o‘rgandi
янв.21
Fayzabod mahallasida amalga oshirilgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Bepul dori-darmon bilan ta’minlanish holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQUV HOLATI QAT’IY NAZORATDA
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi — e’tiborda
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
📌 Deputat faoliyati: Hududiy yo‘llar va xavfsizlik nazoratda
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi III-24-79-14-204-K/26-sonli qarori asosida Chilonzor tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar yo‘naltirildi.
Mazkur loyihalardan biri 1-Qatortol MFY hududidagi 37-oilaviy poliklinika binosini joriy ta’mirlash bilan bog‘liq.
🏥37-oilaviy poliklinika binosi 2018-yilda kapital ta’mirlangan bo‘lsa-da, uzoq muddat foydalanish natijasida kirish qismlari, zinapoyalar, yo‘laklar, sanitariya xonalari hamda ichki xonalarda eskirish holatlari yuzaga kelgan.
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim o‘rin tutuvchi mazkur poliklinikada quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
🔹 markaziy kirish qismiga sirpanmaydigan sifatli kafel yotqizish va soyabon o‘rnatish;
🔹 infeksion blok hamda ortoped-travmatologiya xonalari kirish qismlarida soyabon va sirpanmaydigan qoplamalar o‘rnatish;
🔹 zinapoyalarni marmar qoplama bilan yangilash va tutqichlarni almashtirish;
🔹 yo‘laklardagi kafellarni yangilash;
🔹 sanitariya xonalarini joriy ta’mirlash;
🔹 ichki xonalar va yo‘laklarda ta’mirlash-obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.
💰 Loyiha uchun ajratilgan mablag‘: 1 648 000,0 ming so‘m.
Mazkur loyiha fuqarolarning “Ochiq budjet” elektron axborot portali orqali bildirgan tashabbuslari va ovoz berish jarayonidagi faol ishtiroki natijasida g‘olib deb topilgan.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun xavfsiz, qulay hamda sanitariya talablariga javob beradigan sharoitlar yaratilishi, poliklinika infratuzilmasi yaxshilanishi va aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam uchun yanada qulay muhit shakllanishi ko‘zda tutilgan.
Fuqarolar tashabbusi — amaliy natija!
Ochiq budjet — aholi manfaatlari uchun!