Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
📚 Deputat 42-maktab kutubxonasini o‘rgandi
янв.21
Fayzabod mahallasida amalga oshirilgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Bepul dori-darmon bilan ta’minlanish holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQUV HOLATI QAT’IY NAZORATDA
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi — e’tiborda
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
📌 Deputat faoliyati: Hududiy yo‘llar va xavfsizlik nazoratda
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!

Chilonzor tumani “Bek-to‘pi” MFY hududida bolalar va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida deputat Alisher Abduvahobovich Xusainov hududga chiqib, o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida mahalla raisi X. Nabiyev, yoshlar yetakchisi Toshpulatov Xusniddin hamda mahalla faollari bilan uchrashilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Hududda bolalar va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud sport va bolalar maydonlarining holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijasida mahalla hududidagi bolalar maydonchasi, aholi va yoshlarning jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan ochiq sport hududi hamda bolalar uchun o‘rnatilgan o‘yin jihozlarini yaxshilash va ta’mirlash zarurligi aniqlandi.
Aniqlangan masalalarni bartaraf etish maqsadida deputat tashabbusi va amaliy ko‘magi asosida, tegishli soha mutaxassislari hamda zarur imkoniyatlarni jalb etgan holda mazkur hududda qator ishlar amalga oshirildi.
Natijada bolalar maydonchasi, aholi va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan hudud hamda bolalar uchun o‘rnatilgan o‘yin jihozlari ta’mirlanib, obodonlashtirilib, ulardan foydalanish uchun yanada qulay sharoit yaratildi.
Mazkur ishlar aholi va yoshlarning takliflarini inobatga olgan holda mavjud masalalarni joyida o‘rganish, ularning yechimiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va aniq natijaga erishishga qaratilgan deputatlik faoliyatining amaliy ifodasi bo‘ldi.
Yoshlar uchun yaratilgan har bir qulay sharoit — mahalla kelajagiga qo‘yilgan muhim qadamdir.

Slide 1 of 9