Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
Maktabning Moddiy-texnik bazasi o‘rganildi

Maktabning Moddiy-texnik bazasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N.Bobojonova tomonidan maktabdagi sport infratuzilmasi va ta’lim muassasasining holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N.Bobojonova tomonidan Ko'nayez mahalla hududidagi 21-son umumta’lim maktabida yoshlar va aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, sport zallari va ulardagi sport anjomlarining mavjudligi hamda jihozlanish holati tanqidiy o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, maktabdagi mavjud sharoitlar bugungi kun talablariga to‘liq javob bermasligi aniqlandi:
Moddiy-texnik baza: Sport zallarining jihozlanish holati qoniqarsiz ahvolda bo‘lib, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun zarur bo‘lgan futbol va voleybol to‘plari yetishmaydi.
Infratuzilma: Ta’lim muassasasining binosi ta’mirtalab holatda bo‘lib, o‘quvchilarning xavfsiz va zamonaviy talablar asosida ta’lim olishi hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida amaliy chora-tadbirlar ko‘rish talab etiladi.
Ushbu masalani ijobiy hal etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ta’minlanadi.                                      

Slide 1 of 1