Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
Deputat_va_yoshlar_uchrashuvi Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Deputat_va_yoshlar_uchrashuvi
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 18-“Yangi turmush” saylov okrugi deputati Sevara Yuldosheva hamda “Yangi turmush” mahallasi yettiligi a’zosi, yoshlar yetakchisi Jumaqulov Mirjalol ishtirokida 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va foydali mashg‘ulotlarga keng jalb qilish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot jarayonida yoshlarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish hamda kelajakdagi maqsadlariga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida yoshlarni faol, tashabbuskor va Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1