Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
Kengash_faoliyati

#24_ta_muhim_masala

Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-“Birdamlik” saylov okrugi deputat B.Rajabov okrugiga qarashli Birdamlik” mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev "Birdamlik" mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodimining ish faoliyati o‘rganildi.
📝O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar, xususan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy yordamga ehtiyoji mavjud fuqarolar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi.

🔎Aniqlanishicha, mahallada ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish borasida tizimli ishlarni yuqori darajaga olib chiqish va fuqarolarning murojaatlari muntazam ravishda o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rishni jadallashtirish lozim. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda turli ijtimoiy dasturlar doirasida ishlar tashkil etilgan.

💙O‘rganish davomida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Jumladan, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda yanada chuqur tahlil olib borish, nogironligi bor yoshlar va ayollar bilan ishlashni kuchaytirish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda profilaktik ishlarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

📄Yakunda ijtimoiy xodim faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholining ijtimoiy muammolarini tizimli hal etish va mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1