Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR BELGILANDI

 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR BELGILANDI

📋 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 59-son qarori ijrosini tumanda o‘rganish masalasi muhokama qilindi.

🔎 Mazkur qaror bilan tuman hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularga tovar va xizmatlar haqida to‘liq hamda ishonchli ma’lumot berilishi, mahsulotlarning sifati va xavfsizligi kabi masalalarni o‘rganish belgilandi.

📌 O‘rganishlar davomida, jumladan:
▪️ tovarning nomi va asosiy xususiyatlari;
▪️ ishlab chiqaruvchi haqidagi ma’lumotlar;
▪️ ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati;
▪️ kafolat muddati mavjudligi;
▪️ zarur ma’lumotlarning davlat tilida berilishi;
▪️ yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarning mavjudligi;
▪️ qadoqlash va markirovkalash talablariga rioya etilishi;
▪️ oziq-ovqat mahsulotlarida ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddatining ko‘rsatilishi;
▪️ muvofiqlik va sifatni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
▪️ narxnoma va kassadagi narxlarning muvofiqligi;
▪️ xaridorga kassa cheki yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat berilishi holatlari o‘rganiladi.

🤝 Shuningdek, iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, huquqiy tushuntirish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyati ham tahlil qilinadi.

👥 Qarorga muvofiq, mazkur yo‘nalishda ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlarini tasdiqlangan savolnoma asosida amalga oshirish vazifasi belgilandi.

📊 O‘rganish yakunlari bo‘yicha ishchi guruhning tahliliy ma’lumoti doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
📌 Qaror: DKQ 03-01/149-26
📅 Sana: 2026-yil 24-sentabr