Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
📚 Deputat 42-maktab kutubxonasini o‘rgandi
янв.21
Fayzabod mahallasida amalga oshirilgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Bepul dori-darmon bilan ta’minlanish holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQUV HOLATI QAT’IY NAZORATDA
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi — e’tiborda
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
📌 Deputat faoliyati: Hududiy yo‘llar va xavfsizlik nazoratda
“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA 355-SONLI MAKTABDA DASTLABKI O‘RGANISH OLIB BORILDI

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet #ekspert_guruhlari

“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA 355-SONLI MAKTABDA DASTLABKI O‘RGANISH OLIB BORILDI

🏫 “Tashabbusli byudjet”ning 2026-yil 2-mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish jarayonlari yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida Xuroson mahallasida joylashgan 355-sonli ayrim fanlari chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabida dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi.

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 15-sentabrdagi III-34-88-14-202-K/26-son qaroriga asosan mazkur maktab binosining koridor qismlari, pol, devor va shiftlarini, elektr tizimlari va yoritish chiroqlarini, 4-qavat zinapoyalarini, shuningdek, binoning ichki va tashqi qismlarini mukammal ta’mirlash ishlari loyiha doirasida ko‘zda tutilgan.

💼 Loyihada nazarda tutilgan masalalarni joyiga chiqqan holda dastlabki tarzda o‘rganish maqsadida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda ekspert guruhi a’zolari tomonidan maktab binosi va hududi ko‘zdan kechirildi.

🕯 O‘rganish davomida maktabning 2-, 3- va 4-qavatlaridagi pol qoplamalarini zamonaviy talablar asosida yangilash, ta’mirtalab sinfxonalarni ta’mirlash hamda binoning ichki qismlarini yaxshilash zarurati ko‘zga tashlandi.

📇 Shuningdek, maktab kutubxonasi uchun ajratilgan xonaning hajmi va mavjud sharoitlari ham o‘rganilib, o‘quvchilar uchun qulay kutubxona muhitini yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

📈 O‘rganish yakunlari bo‘yicha loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, aniqlangan masalalar kelgusida nazorat asosida o‘rganib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 5