Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADAGI MUAMMOLAR AMALIY YECHIM TOPMOQDA

DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADAGI MUAMMOLAR AMALIY YECHIM TOPMOQDA

🏘 Xalq deputatlari Mirzatup tumani Kengashi deputati, 23-Nayman saylov okrugidan saylangan Nurmamatova Sadokat Togayevna tomonidan Mirzatup mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda.

🔹 Deputat tomonidan mahalladagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan 70 ta oila bilan manzilli ishlash, ularning ijtimoiy, ta’lim, tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash hamda daromadli mehnat bilan ta’minlash masalalari nazoratga olingan.

💼 Shuningdek:
▪️ 32 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;
▪️ mahallada mikroloyihalarni tashkil etish orqali kamida 20 ta yangi ish o‘rni yaratish;
▪️ uzoq muddatli mehnat migratsiyasida bo‘lgan 103 nafar fuqaroning oilalari bilan manzilli ishlash;
▪️ ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilangan.

🏗 Mahalla infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishida F.Bozorov va Anxor ko‘chalarini ta’mirlash, ichki ko‘chalarda obodonlashtirish va ariqlarni tozalash ishlari ham nazoratga olingan.

⚡️ Bundan tashqari, investitsiya dasturlari doirasida Mirzatup MFY binosini mukammal ta’mirlash, Boymoq qishlog‘idagi podstansiyani yangilash hamda mahalla hududida keksalar va yosh bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy tibbiyot binosini barpo etish masalalari belgilangan.

🤝 Mazkur vazifalarning ijrosi mahalla yettiligi, tuman hokimligi, tegishli tashkilotlar va mas’ul mutaxassislar bilan hamkorlikda muntazam monitoring qilib boriladi.

📊 Deputatlik nazorati — muammoni aniqlashdan uni amaliy hal etishgacha!