Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
янв.21
🏛 Deputat X.Saidova sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyada chuqur tahlil qilinganini ta’kidladi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
🏛 Tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
янв.21
📢 VII CHAQIRIQ 24-SESSIYA
янв.21
📢 VII CHAQIRIQ 24-SESSIYA Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining VII chaqiriq 24-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
⚡️ Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi D.Boboqozoqov yoshlar qabulini oʻtkazdi
Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yilning 22-sentabr kuni “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda belgilangan vazifa va tavsiyalar ijrosini hududda tizimli tashkil etish maqsadida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputatlari Z.G‘ofurova va Sh.Ermatov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari, shahar Kengashining barcha deputatlari, Mahalla uyushmasi va Bandlik bo‘limi xodimlari ishtirokida tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, avvalo, Senat seminarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, shahar hokimligi, Inson markazi, Mahalla uyushmasi hamda Bandlik bo‘limi tomonidan taqdim etilgan tegishli ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Hududlarda bandlikni ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi mavjud holat yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Senat tomonidan mahalliy Kengashlarga taqdim etilgan “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash orqali aholining doimiy daromad manbaini yaratish hamda kambag‘allikni kamaytirish” bo‘yicha deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar deputatlarga yana bir bor batafsil tushuntirib berildi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini olib borishda foydalaniladigan Senat tomonidan ishlab chiqilgan savolnoma mazmuni bilan ham deputatlar tanishtirildi.

Mazkur hujjatlar asosida deputatlarning mahallalardagi ishini aniq yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etish, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda aniqlangan masalalarni deputatlik nazoratiga olishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, Kotibiyat tomonidan har bir deputat uchun tayyorlangan “Xalq deputatlari Kengashi deputatining mahallada ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat rejasi” deputatlarga tarqatildi.

Mazkur faoliyat rejasi deputatlarning mahallalarda aholi bilan bevosita ishlashi, muammolarni aniqlashi, bandlik va daromad manbalarini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishi hamda ularning yechimi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishda amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni mahallalar kesimida izchil amalga oshirish, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va ularning yechimini nazoratga olish, shuningdek, deputatlik nazoratini natijadorlikka yo‘naltirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 10