Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 VII CHAQIRIQ 24-SESSIYA Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining VII chaqiriq 24-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
⚡️ Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi D.Boboqozoqov yoshlar qabulini oʻtkazdi
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: "CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILMODA
янв.21
⚡️ Fidokor MFYda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi deputat nazoratida
янв.21
Sangzor mahallasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 MOʻGʻOL QISHLOQIDAGI FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
🤝 Deputat faoliyati — xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
📊 Nazorat-tahlil faoliyati — islohotlar ijrosining kafolati
янв.21
📩 Aholi murojaatlari — deputatlik faoliyatining bosh mezoni
янв.21
🤝 Deputatlar va mahalla "yettiligi" hamkorligi: Muammolar joyida hal etilmoqda
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📢 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

🗣 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimovaga “Boybuloq” mahallasi Taraqqiyot ko‘chasi fuqarolari tomonidan videomurojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqarolar Taraqqiyot ko‘chasining mavjud holatini yaxshilash, ko‘chani ta’mirlash hamda undan foydalanish uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilganda, “Boybuloq” mahallasi Taraqqiyot ko‘chasining ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi.

Shu munosabat bilan, Taraqqiyot ko‘chasini tosh yotqizish va obodonlashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan Sherobod tumani hokimining o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i E. Musayevga deputat so‘rovi yuborildi.

📌 Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram

Slide 1 of 3