🤝 Saylovchilar murojaatlari va deputatlik nazorati: Muammolarni hal etish choralari ko‘rilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov hamda tuman hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida navbatdagi saylovchilar murojaatlari tinglandi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan infratuzilma, bandlik, ijtimoiy yordam va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarida bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir masala mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida tahlil qilinib, ularni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Kelib tushgan barcha murojaatlar ijrosini ta’minlash va qonuniy yechim topish maqsadida mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan qat’iy deputatlik nazoratiga olindi.