Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 VII CHAQIRIQ 24-SESSIYA Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining VII chaqiriq 24-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
⚡️ Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi D.Boboqozoqov yoshlar qabulini oʻtkazdi
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: "CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILMODA
янв.21
⚡️ Fidokor MFYda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi deputat nazoratida
янв.21
Sangzor mahallasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 MOʻGʻOL QISHLOQIDAGI FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
🤝 Deputat faoliyati — xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
📊 Nazorat-tahlil faoliyati — islohotlar ijrosining kafolati
янв.21
📩 Aholi murojaatlari — deputatlik faoliyatining bosh mezoni
янв.21
🤝 Deputatlar va mahalla "yettiligi" hamkorligi: Muammolar joyida hal etilmoqda
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA SOG‘LOM MUHITNI SHAKLLANTIRISH — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA SOG‘LOM MUHITNI SHAKLLANTIRISH — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Zulfiya Mo‘minova hamda tuman Kengashi deputatlari I. Xudaykulov va D. Xursandova “Jamiyatda saqlanib qolayotgan oilaviy stereotiplarni bartaraf etishning dolzarb masalalari” mavzusida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdilar.

📚 Anjuman davomida jamiyatda sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish, milliy va oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar mustahkamligini ta’minlash hamda bugungi kunda oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan eskirgan qarash va stereotiplarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🗣 Zulfiya Mo‘minova o‘z saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, milliy qadriyatlarni asrash, oilada o‘zaro hurmat va mas’uliyat muhitini mustahkamlash hamda yosh avlodni oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

🔺 Tadbirda ishtirok etgan yoshlar bilan ochiq muloqot qilinib, deputatlar tomonidan hayotiy tajribalar asosida oilaviy mas’uliyat, o‘zaro hurmat, sog‘lom munosabatlar va mustahkam oila qurishning ahamiyati yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

🔎 Shuningdek, jamiyatda saqlanib qolayotgan nosog‘lom stereotiplarning oilaviy munosabatlarga ta’sirini kamaytirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda milliy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashildi.

📋 Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, mahallalarda xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligiga e’tibor qaratish hamda oilalarning ijtimoiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash vazifalari bilan hamohang bo‘ldi.

💡 Anjuman yakunida Zulfiya Mo‘minova hamda ishtirok etgan deputatlar aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va milliy qadriyatlarni targ‘ib etishdagi faolligi uchun tadbir tashkilotchilari tomonidan taqdirlandilar.

🤝 Bunday muloqotlar oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarning oila va jamiyat oldidagi mas’uliyatini oshirish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtirishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4