Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
YURIDIK TEXNIKUM KUTUBXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari

YURIDIK TEXNIKUM KUTUBXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

🧠 Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning bilim olishi, mustaqil ta’lim olishi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida Toshkent shahar yuridik texnikumi kutubxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

💼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda ekspert guruhi a’zolari tomonidan kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, mavjud kitoblar fondi, kitob javonlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy kompyuter jamlanmalariga bo‘lgan ehtiyojlar ko‘rib chiqildi.

🕯 O‘rganish davomida kutubxonaning mavjud imkoniyatlari bilan bir qatorda, o‘quvchilarning zamonaviy axborot resurslaridan foydalanishi, mustaqil bilim olishi va kitobxonlik madaniyatini oshirishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish zarurligiga e’tibor qaratildi.

📝 Aniqlangan ehtiyojlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, kutubxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kitob fondini boyitish hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish masalalari nazoratga olindi.

Slide 1 of 5