Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH — DOIMIY E’TIBORDA

FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH — DOIMIY E’TIBORDA
📍 Bugun, 23-sentabr kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
📝 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 525-son qarori bilan tasdiqlangan nizomlar asosida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiya faoliyati muhokama qilindi.
🔎 Deputatlar tomonidan:
▪️ hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
▪️ xavf omillarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish;
▪️ favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati;
▪️ mavjud moddiy va moliyaviy zaxiralar;
▪️ aholini evakuatsiya qilish va xavfsiz hududlarga joylashtirish masalalari;
▪️ tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik;
▪️ avvalgi topshiriq va komissiya qarorlarining ijrosi yuzasidan savollar berildi.
📌 Muhokamalar davomida aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning vazifalari, ijro muddatlari va nazorat mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.