Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qarori hamda Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 27-avgustdagi III-23-77-14-204-K/26-son “Chilonzor tuman mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarori asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan va ehtiyojmand xotin-qizlarni Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlariga yuborish bilan bog‘liq transport xarajatlari uchun 18 000,0 ming so‘m mablag‘ ajratilgan edi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va belgilangan yo‘nalishda sarflanishi o‘rganildi.
O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning dam olish maskanlariga borib-kelishi uchun transport xarajatlari to‘lab berilgani hamda ajratilgan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilgani aniqlandi.
Natijada xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatdan amalda foydalanilib, ular Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlariga yuborildi.
Ushbu ishlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi chora-tadbirlarning amaliy ifodasidir.
Ajratilgan mablag‘ — aniq maqsad, amaliy natija!

Slide 1 of 2